Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortish niyatida. Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy maʼlum qildi, uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
“Oʻylaymanki, buni nafaqat Eron, balki butun xalqaro hamjamiyat istaydi. Chunki AQSH va Isroil qilgan ishlar tinchlik va xavfsizlikka qarshi, insoniyatga qarshi jinoyatdir”, — dedi u.
Baqoiy BMTning toʻrtta Jeneva konvensiyasi birinchi moddasiga muvofiq, barcha mamlakatlar gumanitar huquqqa rioya qilishlari va boshqalarni ham shunga majburlashlari shartligini taʼkidladi.
“Vashington va Tel-Aviv tomonidan sodir etilgan vahshiyliklar ushbu tamoyillarni buzganligi sababli, menimcha, BMTning barcha aʼzolari ularni javobgarlikka tortishlari kerak”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Eslatib oʻtamiz, fevral oyi oxirida AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring