Baxtiyor Saidov Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv oʻtkazdi

2024-yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rasmiy tashrif bilan Ostona shahrida boʻldi.

13:57 20.02.2024
Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi

Paralimpiya qoʻmitasi, tegishli sport federatsiyalari, Oʻzbekiston maxsus olimpiadasi Assotsiatsiya tarkibiga kiradi.

13:40 20.02.2024
Xodimlarining 50 foizida nogironlik boʻlgan tadbirkorlarga davlat buyurtmachilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish imkoniyati beriladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

13:32 20.02.2024
Nogironligi borlar kasanachilik va hunarmandchilik asosida yaratgan mahsulotlarini elektron platforma orqali sotish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Vazirlik va hudud rahbarlariga yil yakuniga qadar barcha byudjet tashkilotlariga 20 ming nafar, banklarga kamida 1 ming nafar nogironligi borlarni ishga qabul qilish topshirildi.

13:27 20.02.2024
Nogironligi boʻlgan sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish boʻyicha “toʻsiqsiz turizm” dasturi tasdiqlangan

Mutasaddilarga madaniy meros, muzey va konsert-tomosha obyektida bunday odamlarga qulay sharoitlarni yaratish, mehmonxonalardagi oʻrinlarni nogironligi borlarga moslashtirish topshirildi.

13:22 20.02.2024
Poytaxtdagi bekatlarni, jamoat transporti, jumladan metro nogironligi bor odamlarga moslashtirish boʻyicha ikki yillik dastur amalga oshiriladi

Barcha davlat idoralari saytlarini nogironligi borlar uchun qulay shaklga keltirish zarurligi qayd etildi.

13:17 20.02.2024
Nogironligi boʻlgan shaxslarga dori vositalarini tarqatishda tartib oʻrnatilib, shaffof tizim yaratiladi

Tumanlardagi davolash oʻrinlarining 5 foizi nogironligi boʻlganlarni reabilitatsiya qilishga ajratilishi, tuman markaziy shifoxonalarida tibbiy reabilitatsiya xonalari tashkil etilishi belgilandi.

13:11 20.02.2024
Nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish boʻyicha milliy tizim yaratiladi

Ular ishlashi, oʻqishi va kasb-hunar oʻrganishida toʻsiqsiz muhit yaratish choralari koʻriladi.

13:06 20.02.2024
Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarda nogironligi boʻlgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi

Yigʻilishda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

13:00 20.02.2024
1-oktabrdan aholiga koʻrsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi

Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin boʻladi.

12:54 20.02.2024
Ombudsmanning mintaqaviy vakili maktabga nega bordi?

Mamlakatimiz 1992-yilning 9-dekabrida BMT Bosh Assambleyasining “Bolalar huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyasiga qoʻshilgan boʻlsa-da, yaqin-yaqinlargacha bola huquqlariga bepisand munosabat hukm surib, mehnatga majburiy jalb etish, odam savdosi, oiladagi zoʻravonlik kabi illatlardan farzandlarimiz jabr koʻrganligi hali koʻpchilikning yodidan chiqqani yoʻq.

12:47 20.02.2024
“Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

12:34 20.02.2024
Mahallada ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish elektron platformasi ishlab chiqiladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga viloyat hokimlari bilan birga barcha mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish topshirildi.

12:22 20.02.2024
Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar boʻyicha yagona savolnoma joriy qilinadi

Mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasi orqali taqdim etish yoʻlga qoʻyiladi.

12:19 20.02.2024

Yangiliklar taqvimi

Кластер