Nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish boʻyicha milliy tizim yaratiladi

13:06 20 Fevral 2024 Siyosat
364 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga olgan korxona va tashkilotlar uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan. Lekin, 500 mingdan ortiq korxona va tashkilotning bor-yoʻgʻi 43 mingtasida nogironligi boʻlgan shaxslar ishlaydi.

“Maktablar, professional taʼlim muassasalarida sharoit yoʻqligi uchun 70 foiz ota-onalar nogironligi bor farzandlarini yashash joyidan uzoq maxsus maktab-internatiga joylashtirishga majbur.

Aslida ota-onasi, doʻstlari va mahalladan uzoqlashish har qanday bola uchun katta psixologik zarba”, — dedi Prezident.

Shuningdek, yigʻilishda protez ishlab chiqarish 90-yillar texnologiyasiga asoslangani, ularni haqiqiy muhtojlarga yetkazib berish tizimi ham toʻgʻri tashkil etilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish boʻyicha milliy tizim yaratiladi.

Ular ishlashi, oʻqishi va kasb-hunar oʻrganishida toʻsiqsiz muhit yaratish choralari koʻriladi.

Bunda, nogironlikni kasallikka qarab emas, balki shaxsning mustaqil harakati, oʻzini oʻzi eplashi, muloqot qobiliyati va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga qarab belgilash tizimiga oʻtiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер