1-oktabrdan aholiga koʻrsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
1-oktabrdan aholiga koʻrsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi.
Bunda, eng avvalo, “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamgʻarmalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar oʻtkaziladi.
Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring