Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarda nogironligi boʻlgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston 2021-yilda Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilgani tarixiy voqea boʻldi va undagi majburiyatlarni bajarish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, viloyat va tuman hokimlari ushbu shaxslarga yordam berish, ularning uyushmalari va tashkilotlari bilan muloqot qilish, sharoit yaratish bilan yetarlicha shugʻullanmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarda nogironligi boʻlgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring