Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar boʻyicha yagona savolnoma joriy qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, xizmatlar koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida:
— ehtiyojmand toifani belgilash boʻyicha mezonlar ishlab chiqiladi va aynan qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi;
— har bir muhtoj fuqaro boʻyicha individual ijtimoiy xizmatlar dasturi boʻladi.
Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar boʻyicha yagona savolnoma joriy qilinadi.
Mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasi orqali taqdim etish yoʻlga qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring