“Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi
Arxiv surat
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda “Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Kelgusi yildan 40 ta tumanda reabilitatsiya, sogʻlomlashtirish va nogironligi bor shaxslarga qaraydiganlarni oʻqitish boʻyicha koʻp tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari ishga tushiriladi.
Bu orqali, yana 60 ming ehtiyojmand aholi ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi, ularga qarayotgan 3 ming kishi oʻqitiladi.
Hozirda nafaqa olayotgan, lekin mehnat qilib, daromad olish istagida boʻlgan 660 ming aholi uchun zarur sharoitlar yaratilishi ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring