Nogironligi boʻlgan sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish boʻyicha “toʻsiqsiz turizm” dasturi tasdiqlangan
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Nogironligi boʻlgan sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish boʻyicha “toʻsiqsiz turizm” dasturi tasdiqlangan.
Mutasaddilarga madaniy meros, muzey va konsert-tomosha obyektida bunday odamlarga qulay sharoitlarni yaratish, mehmonxonalardagi oʻrinlarni nogironligi borlarga moslashtirish topshirildi.
Nogironligi bor sayyohlar uchun transport, mehmonxona, madaniyat obyektlari va ziyoratgohlarga haftalik va oylik maxsus chegirmalar berish grafigi tasdiqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring