Poytaxtdagi bekatlarni, jamoat transporti, jumladan metro nogironligi bor odamlarga moslashtirish boʻyicha ikki yillik dastur amalga oshiriladi

13:17 20 Fevral 2024 Jamiyat
250 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shuningdek, bino va inshootlarni qurish loyihaci nogironligi boʻlganlar uchun qulay muhit yaratilganligi boʻyicha ham majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida joriy yilda kamida 500 nafar loyihachi va arxitektorni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhit yaratishga oʻqitish vazifasi qoʻyildi.

Poytaxtdagi bekatlarni, jamoat transporti, jumladan metroni nogironligi bor odamlarga moslashtirish boʻyicha ikki yillik dastur amalga oshiriladi. Bu ishlarni hududlarda ham boshlash boʻyicha viloyat hokimlariga topshiriq berildi.

Barcha davlat idoralari saytlarini nogironligi borlar uchun qulay shaklga keltirish zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер