All

“The Jakarta Post”: Oʻzbekiston har kuni piyoda yuradigan fuqarolarni ragʻbatlantiradi

Indoneziyaning ingliz tilidagi yetakchi nashrlaridan biri - “The Jakarta Post” gazetasida “Oʻzbekiston har kuni piyoda yuradigan fuqarolarni ragʻbatlantiradi” sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

14:55 30 Sentyabr 2020
JSSTning Oʻzbekistondan endokrinologiya boʻyicha birinchi koordinatori vafot etdi

Uzoq davom etgan kasallikdan soʻng endokrinolog, professor, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ning Oʻzbekistondan endokrinologiya boʻyicha birinchi koordinatori, Xalqaro diabetologlar federatsiyasining (IDF) doimiy aʼzosi, Markaziy Osiyo Diabetologlar assotsiatsiyasining Birinchi prezidenti Salaxova Nazira Sagdullayevna 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion...

14:36 30 Sentyabr 2020
Zahmatkashlarim, ustozlarim, bayramingiz muborak boʻlsin!

Keyingi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilayotgani bor gap. Masalan, yangi oliy oʻquv yurtlari bilan birga chet eldagi nufuzli universitetlarning filiallari ochilmoqda, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari oshirilmoqda, koʻpgina yoʻnalishlar boʻyicha sirtqi boʻlimlar faoliyat koʻrsatmoqda.

14:32 30 Sentyabr 2020
Maʼrifatparvar jadidlar “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Oʻqituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan imzolangan farmonga muvofiq, xalqimizning ozodligi va farovon hayotini taʼminlash yoʻlida fidokorlik koʻrsatib, milliy taʼlim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qoʻshgan Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

14:24 30 Sentyabr 2020
Tojikistonga qurilish materiallari eksporti oshiriladi

Dushanbe shahrida Oʻzbekiston — Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda ikki davlat oʻrtasida qurilish materiallari sanoati boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, investitsiya loyihalari, ishlab chiqarish va eksport-import koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumot berildi.

14:00 30 Sentyabr 2020
Prezident oʻqituvchi va ziyolilarga murojaat qilmoqda

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosim boshlandi.

13:58 30 Sentyabr 2020
KIA modellarining Oʻzbekiston bozoridagi narxlari maʼlum qilindi

KIA brendining rasmiy saytida yaqin vaqt ichida respublikada ishlab chiqarilishi boshlanadigan modellarning narxlari eʼlon qilindi.

13:34 30 Sentyabr 2020
Qonunchilikda nimani saqlab qolish va nimadan voz kechish kerak?

Qonun hujjatlarining tarqoqligi amalda ularni idrok etishning murakkabligiga, huquqiy tafovutlar va nizolarga, ortiqcha tartibga solish va byurokratiyaga olib keladi.

13:33 30 Sentyabr 2020
Oʻzbekiston spirtli ichimliklar eksportini 2 baravarga oshirdi

2020-yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekiston 23 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan spirtli ichimliklarni eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln. AQSH dollariga yoki 2 barobarga oshgan

12:29 30 Sentyabr 2020
Vino eksporti qariyb 5 baravarga oshdi

2020-yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekiston 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan vino eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mln AQSH dollariga yoki 4,7 barobarga oshgan

12:25 30 Sentyabr 2020
Tabiatga zarar yetkazganlik haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi

“Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

12:14 30 Sentyabr 2020
Mahkum M.Jaloliddinov: Hayotni qadrlashni oʻrgandim

50-son manzil-muassasaga kelganimga koʻp vaqt boʻlmadi. Hamon esimda, bahor faslining ilk kunlari. Yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasidan manzil-muassasasiga etap boʻlgan mahkumlarni olib, yoʻlga chiqqan avtoulov chamasi bir soatlardan soʻng Toshkent viloyati Pskent tumanida joylashgan 50-son manzil- muassasaga yetib keldi....

11:34 30 Sentyabr 2020
Xorazm viloyatida aloqa sifati qanday?

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hududlarda mobil aloqa sifatini tekshirish boʻyicha jamoatchilik nazoratini olib bormoqda. Tashkilot bu safar Xorazm viloyatidagi 479 ta MFYni oʻrganib, natijalarini taqdim etdi

11:32 30 Sentyabr 2020
Pandemiya tufayli Disney oʻn minglab xodimlarini ishdan boʻshatmoqda

Dunyodagi koʻngilochish industriyasining eng yirik mediakonglameratlaridan biri hisoblangan Walt Disney pandemiya oqibatida qator iqtisodiy muammolarni boshidan kechirayotgani, shu tufayli AQSHdagi yana 26 ming xodimini ishdan boʻshatishga majbur ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda Blumberg xabar berdi.

11:26 30 Sentyabr 2020
“Zaryadka”ga qoʻyilgan telefon 15 yoshli qizning umriga zomin boʻldi

Qozogʻistonning Olmaota viloyati Jambil tumani Kargali qishlogʻida 15 yoshli qiz hayotdan koʻz yumdi. Politsiya hududiy departamenti maʼlumotlariga koʻra, uni mobil telefon orqali tok urgan. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

11:13 30 Sentyabr 2020
Endilikda yerlarni ikkilamchi ijaraga berish mumkin

“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–639, 29.09.2020 y). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

10:35 30 Sentyabr 2020
Koreyslarga turmushga chiqqan oʻzbek qizlarining oila qurishiga oʻquv markazining aloqasi yoʻq — Vazirlik

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi oʻzbek qizlarini Janubiy Koreya fuqarolariga turmushga berish uchun tayyorlayotgan markaz faoliyatiga oid videolavhaga munosabat bildirdi.

10:09 30 Sentyabr 2020
U  qishloqdoshlari toʻplab bergan pul evaziga poytaxtga borgan. Hozir esa jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri

U 1992-yilda Senegalda tugʻilgan. Bolaligi Bombali degan kichik qishloqda kechdi. Oiladagi toʻqqiz jon torgina uyda yashardi. Xonadon sohibi mahalliy masjidda imomlik qilar, topgani bu kattakon oila uchun urvoq ham boʻlmasdi. Shu boisdan ota farzandlari har birining oʻqib, roʻzgʻorga nafi tegadigan...

09:55 30 Sentyabr 2020
Markaziy Osiyoda EURLO loyihasi doirasida fuqarolarni qaytarish boʻyicha Yevropa aloqa ofitserining taqdimnomasi

Kecha  Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari vakillarining Polsha Respublikasi Chegara xizmati delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Polshadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Babayev  ishtirok etdi.

09:55 30 Sentyabr 2020
1 oktabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi

“Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

09:49 30 Sentyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер