Vino eksporti qariyb 5 baravarga oshdi

12:25 30 Sentyabr 2020 Jamiyat
743 0

2020-yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekiston 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan vino eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mln AQSH dollariga yoki 4,7 barobarga oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan vinoning eng koʻp hajmi Afgʻoniston (949,2 ming), Rossiya (432,9 ming), Litva (159,3 ming) va 36,3 ming AQSH dollari bilan Xitoy hissasiga toʻgʻri kelgan.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston bu yil Afgʻoniston, Litva, Koreya va Estoniyaga birinchi bor vino eksport qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер