1 oktabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi
“Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.
Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilandi:
vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 9 400 soʻm (ilgari 8 600 soʻm);
• eng kam chakana narx – 11 200 soʻm (ilgari 10 200 soʻm).
konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 33 000 soʻm (ilgari 31 000 soʻm);
• eng kam chakana narx – 39 000 soʻm (ilgari 36 600 soʻm).
aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 24 000 soʻm (ilgari 22 000 soʻm);
• eng kam chakana narx – 28 500 soʻm (ilgari 26 000 soʻm).
Mazkur qaror 2020-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring