Pandemiya tufayli Disney oʻn minglab xodimlarini ishdan boʻshatmoqda

11:26 30 Sentyabr 2020 Dunyo
1549 0

Dunyodagi koʻngilochish industriyasining eng yirik mediakonglameratlaridan biri hisoblangan Walt Disney pandemiya oqibatida qator iqtisodiy muammolarni boshidan kechirayotgani, shu tufayli AQSHdagi yana 26 ming xodimini ishdan boʻshatishga majbur ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda Blumberg xabar berdi.

“Ushbu qadam yuraklarni qanchalik ezmasin, Covid-19 biznesimizga uzoq vaqtdan beri taʼsir etayotgan paytdagi yagona yoʻlimizdir”, — deya bildirib oʻtgan kompaniya.

Qayd etilishicha, turli parklar, dengiz sayohati uchun moʻljallangan laynerlar, chakana savdo ishchilari, shuningdek, rahbariyat aʼzolari qisqartirishga tushadi. Ularning yarmidan koʻpi toʻliq ish kunisiz faoliyat yuritadiganlardir.

Pandemiya boshlangunga qadar kompaniya AQSHda qariyb yuz ming ishchi-xodimga ega edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер