“Zaryadka”ga qoʻyilgan telefon 15 yoshli qizning umriga zomin boʻldi

11:13 30 Sentyabr 2020 Dunyo
1771 0

Qozogʻistonning Olmaota viloyati Jambil tumani Kargali qishlogʻida 15 yoshli qiz hayotdan koʻz yumdi. Politsiya hududiy departamenti maʼlumotlariga koʻra, uni mobil telefon orqali tok urgan. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Fojea 26-sentyabr kuni roʻy berdi.

“Elektr toki urishi oqibatida 15 yoshli voyaga yetmagan qiz hayotdan koʻz yumdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qizning mobil telefoni zaryad olish uchun qoʻyilgan boʻlgan, shu orqali qizni elektr toki urgan. Bugungi kunda ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan”, — deyiladi idora xabarida.

Mazkur ish boʻyicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер