All

Dushanbeda Oʻzbekiston va Tojikiston hukumat rahbarlari uchrashdi

– Oʻzaro savdo aylanmasi mamlakatlarimiz salohiyatiga mos emas, – dedi A.Aripov. – Shu bois, Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan oldimizga yaqin yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollargacha yetkazish vazifasi qoʻyilgan. Buning uchun barcha imkoniyatlarga egamiz. Chunki, foydalanilmagan ulkan zaxiralar mavjud.

16:00 29 Sentyabr 2020
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydon 3,3 mln gektarni tashkil etgan

2020-yilning 1-iyul holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan jami maydon 3,3 mln. gektarni tashkil etgan.

15:58 29 Sentyabr 2020
Mudhish YTH oqibatida ona va bola hayotdan koʻz yumdi

Natijada avtomashinada boʻlgan yoʻlovchilar — turmush oʻrtogʻi 29 yoshli B.X. hamda uning voyaga yetmagan farzandi 7 yoshli K.T. lar hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

15:55 29 Sentyabr 2020
Covid-19ga Toshkent shahrida qayerda bepul test topshirsa boʻladi?

— Agar Sizda koronavirus infeksiyasi belgilari paydo boʻlsa yashash joyingiz boʻyicha ambulatoriya-poliklinika muassasasiga murojaat qilishingiz mumkin. Test topshirish uchun asos boʻladigan koʻrsatmani shifokor belgilaydi. Bemorlar, bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar va epidemik koʻrsatmaga asosan test topshirayotganlar bepul asosda tekshirilishi mumkin.

15:50 29 Sentyabr 2020
Shifokorlar bemorlarga qaramay qochib yurishibdi, sanitarkalar kislorod berishni bilishmaydi... — vaziyatga oydinlik kiritildi

— Fargʻona viloyati, Mindonobod qishlogʻidagi Endokrinologiya dispanseri koronavirus infeksiya bilan kasallangan bemorlarni davolash kasalxonasiga aylantirilgan, shifokorlar bemorlarga qaramay qochib yurishibdi, sanitarkalar kislorod berishni bilishmaydi, bemorlarga yordam koʻrsatilmayapti. Ukam Covid-19 bilan bugun soat 10.00 da yotqizilgan, hali oldiga birorta vrach kelgani...

15:46 29 Sentyabr 2020
Koronavirus bilan ikkinchi marta kasallanish mumkinmi?

Aholi orasida koronavirus infeksiyasi bilan qaytadan kasallanish mumkinmi degan savol paydo boʻlmoqda. Bunga aniqlik kiritish maqsadida SSV Matbuot xizmati SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekovga murojaat qildi:

15:42 29 Sentyabr 2020
Rossiyadan olib kelingan vaksina nega aholiga tarqatilmayapti? — dolzarb savollarga aniq javoblar berildi

Javob:  Hozir Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan Covid-19 ga qarshi vaksinaning uchinchi faza klinik sinovlari oʻtkazilmoqda. Vaksina klinik sinovlardan toʻliq oʻtkazilib, rasman roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng albatta bizning Oʻzbekistonga ham yetarli miqdorda olib kelinadi.

15:40 29 Sentyabr 2020
"Avifavir" "Covid-19" bemorlarini davolashda yuqori samaradorlikka ega. U Oʻzbekistonda ham qoʻllanilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Xitoy va Hindistonda ishlab chiqilgan "Avifavir" preparatini “Mehr-shafqat” jamgʻarmasi hisobidan xarid qilgan va bemorlarni davolash uchun ishlatilmoqda.

15:30 29 Sentyabr 2020
Koronavirusning naslga ziyoni yoʻqmi?

— Koronavirusdan toʻliq tuzalib ketganidan keyin boshqalar uchun xavf tugʻdirmaydi. Koronavirus kasalligining naslga, avlodga, dunyoga keladigan zurriyotlarga ziyoni yuzasidan tasdiqlangan maʼlumotlar yoʻq. Qolaversa mazkur kasallikka chalinganlar orasida jinsiy aʼzolar bilan bogʻliq asoratlar kuzatilmayapti.

15:24 29 Sentyabr 2020
“Yuksalish” koronavirus tarqalishining oʻchoqlari, uyda davolanayotganlar, vafot etganlar aniq soni koʻrsatilgan kunlik hisobot eʼlon qilishni talab qildi

Oʻzbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlanganiga olti oydan koʻproq vaqt oʻtdi. Bu davr mobaynida Hukumat tomonidan sogʻliqni saqlash tizimi tayyorgarlik koʻrishi uchun ikki marta qatʼiy karantin cheklovlari joriy etildi, tibbiyot muassasalari tezkorlik bilan ishga tushirildi, jarayonga tibbiyot...

15:23 29 Sentyabr 2020
Samara va Rostovda Oʻzbekiston fuqarolari toʻplanishi kuzatilmayapti — TIV

“Oʻzbekistonning Qozon va Rostov-Don shaharlaridagi bosh konsulxonalari maʼlumotlariga asosan, 2020-yil 29 sentyabr holatiga koʻra Samara viloyatining “Kinel”, Rostov viloyatining «Pervomayskaya» va «Lixaya» temir yoʻl stansiyalari yaqinida Oʻzbekiston fuqarolarining toʻplanishi kuzatilmayapti” deyiladi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axborotida.

15:21 29 Sentyabr 2020
Toshkent mediatsiya markazi tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuristlar malakasini oshirish markazi muassisligida Toshkent mediatsiya markazi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi. Bu haqda Toshkent davlat yuridik universiteti Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

15:18 29 Sentyabr 2020
Ustoz va murabbiylar — taraqqiyot yetakchisi

Yangilanayotgan Oʻzbekiston oʻzining ming yillar davomida shakllangan shonli tarixi va mustaqillik yillarining mashaqqatli davrida erishgan taraqqiyotida navbatdagi Uchinchi Renessansga poydevor yaratar ekan, ushbu milliy gʻoyaning oʻzan maqsadiga erishishda, albatta, inson omili hal etuvchi manbadir. Darhaqiqat, bugungi jadal surʼatlar bilan rivojlanayotgan...

15:17 29 Sentyabr 2020
Paxtachi tumani IIB boshligʻiga pora bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

2020-yil 28-sentyabr kuni Paxtachi tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, Paxtachi tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi 6 nafar fuqarolar “Qora-qoʻton” maʼdanli maydoniga kirib, noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud toshlarni qazib olishga harakat qilayotgan vaqtida, ushlanib, ulardan 1 dona elektrodvijok, 1...

15:09 29 Sentyabr 2020
Turarjoylar buzilganda toʻlovlar shu baho asosida toʻlab beriladimi? — Kadastr agentligi vakili dolzarb savollarga javob qaytardi

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining, turarjoy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1043-sonli qarori asosida u inventar baho soliq solish maqsadida baholanadi.

12:25 29 Sentyabr 2020
Buxoroda “Oilam baxti oʻz qoʻlimda” oyligi doirasida forum oʻtkazildi. Unda besh yoʻnalishda ish olib borish belgilandi

Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da “Oilam baxti oʻz qoʻlimda” oyligi doirasida viloyat forumi oʻtkazildi. Viloyat hokimligi, viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 28-sentyabr — 28-oktyabr kunlari davomida barcha mahallalar, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalarida xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat...

12:18 29 Sentyabr 2020
Samarqandda “Family Park” innovatsion bogʻi qurilmoqda

Samarqandning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida shu kunlarda Narpay koʻchasida “FAMILY PARK” innovatsion bogʻining keng koʻlamli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

12:02 29 Sentyabr 2020
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasidan 14 million dollarlik mahsulot eksport qilindi 

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 364,4 million dollarlik (shundan, 67,5 million dollari xorijiy) investitsiyalar hisobidan 75 ta loyiha amalga oshirilib, 5337 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. 2020-yil 1-sentyabr holatiga 273 million dollar (shundan, 128,4 million dollar oʻz mablagʻi, 101,3...

11:58 29 Sentyabr 2020
Karantin qoidalariga zid faoliyat olib borayotgan tungi klublar, kafe va restoranlar aniqlandi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, Samarqand shahri boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahardagi bir qator obyektlarda oʻtkazilgan reyd tadbirlari chogʻida amaldagi tartiblarga zid ravishda ish olib borilayotgan tungi bar, kafe va restoranlar aniqlandi.

11:53 29 Sentyabr 2020
16 yoshli qiz sodir etgan YTHda 14 yoshli bola vafot etdi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni soat 20:00 larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani 35-uy qarshisida, 2004-yilda tugʻilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan Sh.N. «Spark» rusumli avtomobilni boshqarayotib, oʻzidan oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1982-yilda tugʻilgan I.A. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobilni quvib oʻtayotgan vaqtida ushbu...

11:38 29 Sentyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер