Koronavirusning naslga ziyoni yoʻqmi?
Ushbu savolga bugun AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
— Koronavirusdan toʻliq tuzalib ketganidan keyin boshqalar uchun xavf tugʻdirmaydi. Koronavirus kasalligining naslga, avlodga, dunyoga keladigan zurriyotlarga ziyoni yuzasidan tasdiqlangan maʼlumotlar yoʻq. Qolaversa mazkur kasallikka chalinganlar orasida jinsiy aʼzolar bilan bogʻliq asoratlar kuzatilmayapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring