Samarqandda “Family Park” innovatsion bogʻi qurilmoqda

12:02 29 Sentyabr 2020 Jamiyat
1928 0

Samarqandning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida shu kunlarda Narpay koʻchasida “FAMILY PARK” innovatsion bogʻining keng koʻlamli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Park hududida muz saroyi, koʻp funksional savdo-koʻngilochar, oilaviy dam olish va sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, okeanarium va boshqalar faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 57 milliard soʻmni tashkil etadi. Innovatsion bogʻning ish boshlashi 150 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratish imkonini beradi. Loyiha boʻyicha ishlar 2021-yilda yakunlanishi belgilangan.

Ushbu “Oilaviy park” nafaqat mahalliy aholi, balki shaharga kelayotgan xorijlik sayyohlar uchun ham koʻngilochar dam olish maskaniga aylanadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер