All

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga yangi prorektor tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 9-martdagi buyrugʻi bilan Muxiddin Baxritdinovich Kalonov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda...

16:29 10 Mart 2021
Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Avvalgisi hokimdan tanbeh eshitgandi

Avvalroq, Qashqadaryo viloyat Yoshlar ishlari agentligi rahbari ishdan olinishi mumkinligi, boisi u viloyat hokimi tomonidan soʻnggi bor ogohlantirilgani haqida xabar bergan edik.

16:28 10 Mart 2021
Dollarning rasmiy kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Dollarning rasmiy kursi 6,45 soʻmga qimmatladi va jami 10 503,92 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz koʻtarildi, yevro esa arzonladi.

16:24 10 Mart 2021
Qariyb 30 mlrd soʻmlik 6 ta fundamental loyiha moliyalashtirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining navbatidagi Hayʼati yigʻilishida 2021-2025-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan fundamental loyihalar tanlovlari gʻoliblarini moliyalashtirish masalasi koʻrildi. Hayʼat qaroriga koʻra 6 ta loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi. Fundamental loyihalar tanlovi shartlariga koʻra, loyihalarni bajarishda...

15:16 10 Mart 2021
Allergiyadan butkul qutulish mumkinmi?

Allergiyani tashhislash usullari qanday? Kasallikdan butkul qutulish mumkinmi? SSV matbuot xizmatining Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Ilmira RAZIKOVA bilan suhbati ayni shu haqda boʻldi.

15:03 10 Mart 2021
JSST “Covid-19” bilan kasallanish darajasi yana oʻsa boshlaganini maʼlum qildi

JSST oʻtgan hafta boshida ham dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni yana birdan koʻpaya boshlaganini maʼlum qilgan edi.

14:53 10 Mart 2021
Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib olgan

Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma Asad koronavirus yuqtirib olgan. Bu haqda rahbari devonining “Instagram”dagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.

14:35 10 Mart 2021
Baydenning yordamchilari unga jurnalistlar bilan suhbatlashishni taqiqladi. Bunday holat ikkinchi bor kuzatilmoqda

Mart oyining boshida Oq uy tushunarsiz sabablarga koʻra Bayden bilan toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyasi uzib qoʻyilgan edi. Oʻsha paytda u demokrat kongressmenlarning savollariga javob berishi kerak edi. 

14:28 10 Mart 2021
Andijonda “Kelajak avtobuslari” harakatlanishi mumkin

Xitoy davlatida “Kelajak avtobuslari” deya eʼtirof etilayotgan "YUTONG” kompaniyasi avtobuslari elektrdan quvvat olishi bilan ahamiyatli. Undan sayyohlik xizmatida, shaharlararo yoʻnalishlarda foydalanish mumkin. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov xitoylik investorlar bilan uchrashar ekan, ular tomonidan taqdimoti oʻtkazilgan ushbu transport vositasining afzallik...

14:26 10 Mart 2021
Oʻzbekistonda havo harorati 15 darajagacha sovib ketadi

13-14-martda Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda «Uzgidromet» xabar berdi.

13:45 10 Mart 2021
Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialiga direktor tayinlandi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 10-martdagi buyrugʻi bilan Oʻral Choriyevich Axmedov Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

13:35 10 Mart 2021
Ayollar bandligini taʼminlash uchun 600 milliard soʻm ajratiladi

Ayolni eʼzozlash, unga ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biri hisoblanadi. Chunki xotin-qizlar eʼzozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon boʻladi.

13:06 10 Mart 2021
Markaziy Osiyoda eng baland boʻlishi kutilayotgan “Nest One” binosida yongʻin kelib chiqdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Nest One” turar joy kompleksida kelib chiqqan yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.

13:06 10 Mart 2021
Oʻzbekiston yanvar oyida 1,7 mln. AQSH dollariga teng gilam eksport qildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar oyida qiymati 1,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 174,3 ming AQSH dollariga koʻp.

13:01 10 Mart 2021
Suv xoʻjaligi vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Nazarov Azimjon 1997-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2000-yili Amerika Qoʻshma Shtatlarining Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universitetini tugatgan. U shu kunga qadar innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari edi.

12:55 10 Mart 2021
“GAI” xodimiga pora bermoqchi boʻlgan “Kamaz” haydovchisiga jazo tayinlandi

Fuqaro A.Samandarov (ismi-sharifi oʻzgartirilgan) Samarqand viloyatida istiqomat qiladi, ikki nafar farzandning otasi, haydovchilik kasbining orqasidan oilasini boqadi.

12:52 10 Mart 2021
Yangi qonun loyihasi zargarlik sanoati rivojiga qanday taʼsir etadi?

Qonun loyihalarini, eng avvalo, xalq manfaatidan kelib chiqqan holda tahlil qilib, ularni tanqidiy koʻrib chiqish borasidagi ishlarni kuchaytirishga faoliyatimiz davomida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda quyi palatada bir qator qonun loyihalarini ikkinchi oʻqishga tayyorlashda ana shu nuqtayi nazardan chuqur yondashilyapti.

12:40 10 Mart 2021
Termizda ikkita oilaviy poliklinika ishga tushdi

Kuni kecha Termiz shahrida bir yoʻla ikkita oilaviy poliklinika ishga tushirildi. Yangi oilaviy poliklinikalarning tantanali ochilish marosimida Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Narimon Umarov, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev, viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash...

12:33 10 Mart 2021
Jalaquduq tumanida 50 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablagʻlari talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.b.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari va Jalaquduq tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi masʼul shaxslari oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam taʼminlangan va ishsiz fuqarolar nomiga subsidiya mablagʻlarini...

12:31 10 Mart 2021
Oʻzbekiston Prezidentining siyosati tufayli dunyo mamlakatning jahonga yuz tutayotganiga guvoh boʻlmoqda — “La Nazione”

Material muallifi — jurnalist Katerina Chekkuti faxriy konsulxona joriy yil 5-mart kuni ochilgani, "Italiya — Oʻzbekiston" savdo-sanoat palatasi maslahatchisi, Florensiya va Samarqand oʻrtasida doʻstlik va birodarlik munosabatlarini oʻrnatish tashabbuskori Leonardo Komuchchi faxriy konsul etib tayinlangani haqida yozgan.

12:17 10 Mart 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер