JSST “Covid-19” bilan kasallanish darajasi yana oʻsa boshlaganini maʼlum qildi

14:53 10 Mart 2021 Dunyo
1067 0

Foto: Reuters

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoda oʻtgan hafta ichida koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻpayganligini eʼlon qildi. 

Taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, oʻsish darajasi 2 foizni tashkil etdi. Yaʼni oʻtgan hafta davomida 2,7 million yangi yuqtirish holati holati qayd etilgan. Bu avvalgi hafta maʼlumotlaridan koʻpdir. Shu bilan birga, kasallikdan oʻlim koʻrsatkichi 6 foizga kamaygan.

“Jahon miqyosida mamlakatlarning qariyb yarmida yangi holatlar soni kamaydi, qolgan yarmida esa ularning oʻsishi qayd etildi”,  deyiladi JSST bayonotida.

Eng koʻp yangi holatlar Afrikada, Sharqiy Oʻrta yer dengizi, va Yevropa mamlakatlarida qayd etilgan. Ushbu mintaqalarda eng koʻp oʻlim ham qayd etilgan.

JSST maʼlumotlariga koʻra pandemiya boshidan beri 118 milliondan ortiq odam ushbu infeksiya bilan zararlangan. Shundan 93,7 million nafardan ortigʻi kasallikdan forigʻ boʻlgan. 2,6 million nafardan ortiq odam koronavirus asoratlari oqibatida hayotdan koʻz yumgan.

JSST oʻtgan hafta boshida ham dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni yana birdan koʻpaya boshlaganini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер