Oʻzbekiston yanvar oyida 1,7 mln. AQSH dollariga teng gilam eksport qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar oyida qiymati 1,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 174,3 ming AQSH dollariga koʻp.
2021-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston gilam eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz Respublikasi – 689,7 ming
Ozarbayjon – 598,6 ming
Afgʻoniston – 490,1 ming
Rossiya – 260,9 ming
Qozogʻiston – 242,7 ming
AQSH – 60,3 ming
Tojikiston – 53,7 ming
Xitoy – 18,9 ming
Koreya – 10,6 ming AQSH dollari
2021-yilning yanvar oyida 2020-yilning mos davriga nisbatan Oʻzbekistonning Xitoyga gilam eksporti 103,7 ming AQSH dollariga kamaygan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring