Markaziy Osiyoda eng baland boʻlishi kutilayotgan “Nest One” binosida yongʻin kelib chiqdi

13:06 10 Mart 2021 Jamiyat
1325 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Nest One” turar joy kompleksida kelib chiqqan yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.

Hodisa bugun soat 10:02 da Olmazor koʻchasi 1/A-uyda joylashgan “Nest One” turar joy kompleksidagi bitmagan binoning yertoʻlasida sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha u yerdagi 2 kv.m maydonda penoplast yongan.

Mazkur vaziyat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yongʻinni bartaraf etganlar.

Hodisadan jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur bino Markaziy Osiyoda eng baland boʻlishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер