Oʻzbekistonda havo harorati 15 darajagacha sovib ketadi
13-14-martda Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda «Uzgidromet» xabar berdi.
13-14-martda respublikada yogʻingarchilik (yomgʻir, 14-martga oʻtar kechasi qorga aylanadi), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida 13-martda qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin.
14-15-martda harorat kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq-3° iliqgacha,
Qoraqalpogʻistonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi.
13-14-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring