Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib olgan
Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma Asad koronavirus yuqtirib olgan. Bu haqda rahbari devonining “Instagram”dagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.
Xabarda aytilishicha, Asad va uning rafiqasi koronavirus infeksiyasiga oʻxshash yengil alomatlarni boshdan kechirgan. Keyin ular “Covid-19”ga qarshi test topshirgan va ularda kasallik tasdiqlangan.
Manbaga koʻra, davlat rahbari va uning rafiqasi ahvoli barqaror, oʻzini yaxshi his qilmoqda. Prezident masofadan turib oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring