Baydenning yordamchilari unga jurnalistlar bilan suhbatlashishni taqiqladi. Bunday holat ikkinchi bor kuzatilmoqda

14:28 10 Mart 2021 Dunyo
1023 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Jo Baydenning yordamchilari unga jurnalistlar bilan gaplashishni taqiqladilar. 

“Daily Mail” nashrining yozishicha, ushbu holat ushbu holat Vashingtondagi doʻkonlardan birida sodir boʻlgan. OAV vakillari davlat rahbariga savol berishga harakat qilgan, ammo prezident yordamchilari vaziyatga aralashib, davlat rahbarini jurnalistlar bilan muloqotiga toʻsqinlik qilgan. 

Nashrga koʻra, Bayden doʻkonni egalari bilan taxminan oʻn daqiqa davomida aylanib chiqqan. Shundan soʻng jurnalistlar unga bir nechta savollarni berishga harakat qilgan, xususan, ulardan biri Meksika bilan chegaradagi inqiroz bilan bogʻliq vaziyat haqida soʻragan. Prezident munosabat bildirishdan oldin yordamchilar uning soʻzini boʻlib, OAV vakillaridan ketishlarini iltimos qilgan.

“Fox News” esa Baydenning rasman davlat rahbari sifatida ish boshlaganiga 48 kun boʻlganiga qaramay hali ham bironta rasmiy matbuot anjumani oʻtkazmaganiga eʼtibor qaratmoqda. Qayd etilishicha, bu soʻnggi yuz yillikdagi rekord koʻrsatkich. Avvalgi AQSH rahbarlari oʻrtacha bir oydan soʻng jurnalistlar bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazgan.

Mart oyining boshida Oq uy tushunarsiz sabablarga koʻra Bayden bilan toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyasi uzib qoʻyilgan edi. Oʻsha paytda u demokrat kongressmenlarning savollariga javob berishi kerak edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер