All

Oʻzbekistondagi eng baland choʻqqiga davlat bayrogʻi oʻrnatildi

Qashqadaryoda Oʻzbekistondagi eng baland Hazrati Sulton choʻqqisiga davlat bayrogʻi oʻrnatildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

14:00 14 Iyun 2021
Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz taʼminoti toʻxtatiladi

Toshkent shahri Chilonzor tumani Katta Chilonzor mahallasidagi yer usti 108 mm oʻrta va D-57 mmli past bosimli gaz quvurlarini boshqa joyga koʻchirish ishlari bugun 14-iyun sanasida kunning 2-qismida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

13:42 14 Iyun 2021
“Mahrdan kechmaguncha ayolga savob yoʻq, kechilgandan soʻng erning savobiga teng sherik boʻladi”, degan gaplar mutlaqo asossiz — Fatvo hayʼati

Ayol kishi mahridan kechishi kerakmi? Bu qanchalik toʻgʻri? Mazkur savolga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati javob berdi.

13:34 14 Iyun 2021
Oʻzbekistonda 15-iyun kuni harorat 38 darajagacha issiq boʻladi

“Oʻzgidromet” 15-iyun, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini maʼlum qildi.

13:18 14 Iyun 2021
Shavkat Mirziyoyev hukumatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqladi

Prezident “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Hukumatning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 269 nafardan iborat boʻlgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

12:07 14 Iyun 2021
143,6 mln soʻm! Navoiyda fuqaro 8 yillik aliment pulini oldindan toʻladi

Fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro tumanlararo sudining ijro hujjatiga koʻra, qarzdor A.S.dan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qism miqdorida undiruvchi Z.A.ga aliment undirish belgilangan.

11:09 14 Iyun 2021
Hokim qarorining ilovasini qalbakilashtirish evaziga 8,5 mln soʻm talab qilgan fuqarolar qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Yermulkkadastr sobiq xodimi S.B. va boshqalar oldindan til biriktirib, Jizzax shahrida yashovchi fuqarolarning uy-joylari buzilishi munosabati bilan kompensatsiya sifatida 6 sotixdan yer ajratish toʻgʻrisidagi hokim qaroriga...

10:54 14 Iyun 2021
Oʻzbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-aprel holatiga koʻra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga yoki 2 mln. 636,8 mingtaga oshgan.

10:48 14 Iyun 2021
Saudiya Arabistoni bu yilgi Haj ziyorati borasida oʻzining yakuniy qarorini eʼlon qildi

Bu yilgi Haj-2021 mavsumi koronavirus pandemiyasi sababli faqat Saudiya Arabistoni Podshohligi aholisi va ushbu mamlakatda muqim yashab kelayotgan fuqarolar (rezidentlar) uchun tashkil etilishi haqida Saudiya Arabistoni qarori eʼlon qilindi.

10:41 14 Iyun 2021
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

10:08 14 Iyun 2021
“Ishtixon dehqon bozori”da yongʻin sodir boʻldi

Qayd etilishicha, joriy yilning 14-iyun kuni soat 00:01da Samarqand viloyati Ishtixon tumani «Qoraquyli» MFY A.Navoiy koʻchasida joylashgan “Ishtixon dehqon bozori” MCHJda oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari sotiladigan ochiq savdo rastasida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga xabar kelib tushgan.

08:19 14 Iyun 2021
Bir necha mamlakat tuhfasiga teng xazina

Buxoro xoni Abdulaziz Muhammadxon (1645 — 1681) koʻnglida Hofiz Sheroziy devonini chiroyli husnixatda koʻchirtirish istagi tugʻiladi. Bu murakkab yumushni bajarish oʻsha davrning mohir xattoti Hoji Yodgor zimmasiga yuklanadi.

08:06 14 Iyun 2021
Hamkorlikda ishlashda hikmat ko‘p

Qamashi — o‘zining iqtisodiy salohiyati va boshqa turli sohalarda ulkan imkoniyatlarga ega hududlardan biri. Xalqi mehnatkash, tanti va samimiy. Bu esa ular bilan ishlashda kishiga o‘zgacha zavq beradi.

22:49 13 Iyun 2021
Festival doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasida shaxmat turniri oʻtkazildi

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Samarqandda oʻtayotgan yoshlar festivalining uchinchi kuni ham rang-barang uchrashuv va loyihalarga boy boʻldi.

22:41 13 Iyun 2021
Sirdaryo tumani hokimligi masʼullari va boshqa rahbarlar aks etgan videolavhadagi holat 2020-yilda roʻy bergan — rasmiy munosabat

Ishdan tashqari vaqtda boshqa fuqarolar singari restoranga ovqatlanish uchun borgan masʼullar — tuman hokimi oʻrinbosari (oʻsha vaqtda tuman hokimi yordamchisi), tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Sirdaryo tumani inspeksiyasi bosh mutaxassis-davlat inspektori, «Suvoqova»...

22:07 13 Iyun 2021
Ogʻir atletikachilarimiz "Tokio — 2020" Olimpiadasiga toʻliq tarkibda yoʻllanma olishdi

Maʼlumki, poytaxtimizda oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng ogʻir atletika boʻyicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamgʻarish davri yakunlangan. Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) reyting orqali Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan sportchilar nomini eʼlon qildi.

21:32 13 Iyun 2021
Shahrisabzda Yoshlar festivaliga “Yurish marafoni” orqali start berildi

Bugun Shahrisabz shahrida “Biz Amir Temur avlodlari, unga izdosh boʻlamiz!” shoiri ostida oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivaliga “Yurish marafoni” orqali start berildi.

21:25 13 Iyun 2021
Toʻra Bobolov tomonidan viloyatda istiqomat qiluvchi koʻzi ojiz fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Surxondaryo viloyati hokimining navbatdagi sayyor qabuli odatdagidan boshqacha formatda oʻtkazildi. Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida viloyatda istiqomat qiluvchi koʻzi ojiz fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda imkoniyati cheklangan fuqarolar muammolari atroflicha oʻrganildi.

21:22 13 Iyun 2021
Sirdaryoda “Tokio — 2020”ga boradigan sportchilarga viloyat hokimligi tomonidan 100 million soʻmdan mukofot topshirildi

Gulistonda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilgan “Bagʻrikeng Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” millatlararo doʻstlik festivali oʻzining rang-barang dasturlari, yuqori darajadagi tashkiliy jihatlari, eng muhimi, xalqimiz hamjihatligini yana-da mustahkamlash, mamlakatimiz yoshlarini yagona maqsad yoʻlidagi shaxsiy masʼuliyati va faolligini oshirishga qaratilgan...

21:17 13 Iyun 2021
Ertaga “Toshkent — Xojikent — Toshkent” poyezd yoʻnalishida 2 ta reys bekor qilinadi

2021-yil 14-iyun kuni Toshkent — Xojikent — Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlarining 2 ta reysi bekor qilinadi. Bu haqda “Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ maʼlum qildi.

21:08 13 Iyun 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер