All

Jizzaxda Suriyadagi terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi

Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

18:24 15 Iyun 2021
Toshkentda Hukumat akseleratori ofisi ochildi

15-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekistonda Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturi doirasida Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan birgalikda joriy etilayotgan tashabbuslardan biri boʻlgan Hukumat akseleratori ofisining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

17:40 15 Iyun 2021
Tizim bundan yiroq, baralla aytishimiz mumkin — Qurolli Kuchlar akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari harbiy OTMga kirishda korrupsiya yoʻqligini aytdi

Bugun AOKAda Mudofaa vazirligi tizimida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda oliy harbiy taʼlim muassasalariga nomzodlarni qabul qilish tartibiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri mutasaddilarga harbiy OTMda qabul jarayoni, tibbiy va jismoniy koʻriklardan oʻtishda uchrayotgan...

16:21 15 Iyun 2021
Qashqadaryodadagi hokimlar “Zakovat”da ishtirok etmoqda

Shahrisabzda oʻtkazilayotgan yoshlar festivali doirasida tuman va shaharlar yoshlaridan iborat jamoalar “Zakovat” intellektual bellashuvida ishtirok etadi.

15:24 15 Iyun 2021
Jahon banki Oʻzbekistonga yana 100 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratadi. Qarz 30 yilga past foizlarda beriladi

Oʻzbekistonning ikki janubiy viloyatidagi shaharlar “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida oʻzlarining munitsipal xizmatlari va infratuzilmalarini yaxshilashlari mumkin. Bu haqda Jahon banki maʼlum qildi.

15:03 15 Iyun 2021
Daraxt ekib, parvarish qilmaganlar ham jarimaga tortilishi kerak — Deputat

Bu yil yoz har qachongidan issiq keladigan koʻrinadi. Ayni jazirama shundan darak beryapti. Odamlarku, amallab jon saqlayapti. Lekin koʻcha-koʻyda quriyotgan nihollarga achinadi kishi, deya oʻz fikrlarini bildiradi deputat Jahongir Ziyayev.

14:53 15 Iyun 2021
Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdan tashqari oʻttiz toʻqqinzinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

14:39 15 Iyun 2021
Andijonda farzandini 5200 dollarga pullamoqchi boʻlgan onaga sud hukmi oʻqildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Jalaquduq tuman sudining navbatdagi sud majlisida maʼlum qilinishicha, 2020-yilning 12-dekabr kuni 20 yoshli ayol oʻzining toʻrt oylik oʻgʻil farzandini 5200 dollarga  sotayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan qoʻlga olingan.

14:12 15 Iyun 2021
Saʼy-harakatlarni birlashtirib, salohiyatni roʻyobga chiqaramiz

Xotin-qizlar sayyoramiz aholisining yarmini tashkil etadi va shu bilan insoniyat tamaddunining yarim salohiyatini ham oʻzida jamlagan. Gender tengligi jamiyatda tinchlik va totuvlikni taʼminlash, barqaror taraqqiyot asosida iqtisodiy imkoniyatlarni toʻla roʻyobga chiqarishda muhim rol oʻynaydi. Xotin-qizlarni jamiyat hayotiga keng jalb etish...

13:23 15 Iyun 2021
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida nechta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyun holatiga sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 734 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

12:58 15 Iyun 2021
Oʻzbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 12 foizgacha kengaytiriladi

— 2019-2028-yillarda Oʻzbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasining asosiy maqsadi biologik xilma-xillik Konvensiyasi talablarini amalga oshirishdan iborat. Strategiya 9 ta bobdan iborat boʻlib, 2 ta asosiy bosqichda amalga oshiriladi:

12:54 15 Iyun 2021
Arxeologik yodgorliklarning yagona elektron davlat reyestri joriy etiladi

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan seminarda maʼlum qilindi.

12:49 15 Iyun 2021
Fargʻonada “Maqom kechalari” boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Musiqali drama teatri oldida ilk bora “Maqom kechalari” boʻlib oʻtdi.

12:47 15 Iyun 2021
Ertaga Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 16-iyun kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

12:34 15 Iyun 2021
Davlat fuqarolik xizmatiga yangi avlod kadrlari zaxirasi shakllantirilmoqda

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan islohotlarimiz suratiga mos ilgʻor kadrlarni shakllantirish, ularni strategik sohalarga jalb etish, davlat xizmatida yangi avlod kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida Samarqandda tajriba-sinov tariqasida “Kelajak liderlari” klubi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi. Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida klub...

12:33 15 Iyun 2021
Shermatovga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Vaxobjon Turajanovich Rajapov Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

12:29 15 Iyun 2021
Kechirasiz, men nogiron emasman...

«Kim aytadi, meni nogiron deb. Hassaga tayanib yurganimga, bir oyogʻimni bosa olmaganimga shunday deyapsizmi? Agar shunday boʻlsa, bir tadbirkor qilgan ishni bajaryapman-ku! Mening faoliyatim qaysi tadbirkornikidan kam? Agar men nogiron boʻlsam, uyimda oilaviy bogʻcha ochib, 18 nafar kichkintoyga taʼlim-tarbiya berarmidim,...

12:27 15 Iyun 2021
Namanganda erini bolta bilan chopib oʻldirgan ayolga sud hukmi oʻqildi

Namangan viloyat sudi sudyasi D.Kamilovning maʼlum qilishicha, sudlanuvchi R.X. 2006-yilda fuqaro A.K. bilan tanishib, u bilan sharʼiy nikohdan oʻtgan holda yashab kelgan. Oilada farzand tugʻilgandan soʻng 2010-yilda nikohni rasmiylashtirilgan.

12:26 15 Iyun 2021
Yangiqoʻrgʻonlik tadbirkor qoʻylarini hokimiyat oldiga haydab keldi

Bugun erta tongda Yangiqoʻrgʻon tuman hokimligi binosi oldida 120 nafar qoʻydan iborat poda paydo boʻldi. Jonivorlar bu yerda nima qilyapti?

12:17 15 Iyun 2021
Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralari oʻzgartirilmoqda (roʻyxat)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Unda deputatlar Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarini oʻzgartish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqmoqda.

12:10 15 Iyun 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер