All

Fargʻonalik oila birdaniga 4 nafar chaqaloqli boʻldi

Davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabariga koʻra, bu oilada 2016 va 2018-yillarda ham qiz farzandlar tugʻilgan. Endilikda Gʻanijon va Munavvarxon Odilovlar oilasida 6 nafar farzand tarbiyalanmoqda.

18:50 14 Iyun 2021
“Baxtga yor doim Navoiy, To Jomiy bor ekan, Biz ular qoʻygan tamaldan, Oʻzbegim tojik bilan”

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Tojikistonda ikki xalqning madaniyati hamda sanʼatini oʻrganishga, oʻzaro boyitishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yaqin kunlarda Prezidentimizning tashrifi davomida imzolangan hujjatlar bunga yana-da keng imkoniyatlar eshigini ochdi desak adashmagan boʻlamiz.

18:45 14 Iyun 2021
“Tashabbus — 2021”: Eng ilgʻorlar bir joyda jam boʻldi

Oʻzbekistonda fermerlik harakati va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar nechogʻlik samara bermoqda? Soha vakillari oʻz imkoniyatlaridan qanchalik foydalanmoqda? Bu kabi savollarga javob olishni istasangiz poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”ga borishni tavsiya qilamiz. Chunki bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkaziladigan...

18:36 14 Iyun 2021
Oʻzbekistonda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yangi loyihaga start berildi

Taʼkidlanganidek, mazkur loyiha dastlab oilaviy ajrimlar, kambagʻallik, zoʻravonlik va chetlatib qoʻyishning oldini olish uchun hamjamiyatlarga asoslangan ijtimoiy xizmatlarni rejalashtirish, amalga oshirish, yetkazib berish va monitoring qilish boʻyicha eng ilgʻor xalqaro tajribani qoʻllagan holda Toshkent shahrining Olmazor tumanida va Toshkent viloyatining...

18:25 14 Iyun 2021
Navoiyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Bugun Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumanlarida “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali tomonidan gaz hisoblagichlarning “aqlli” tizimi muvaffaqiyatli joriy etilib, qarzdorning tarmoqdan uzilishi inson omilidan xoli ravishda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga tarmoqdagi har qanday qingʻirliklar toʻgʻrisida markazga zudlik...

18:20 14 Iyun 2021
Qizilqumda kaltaminorliklar madaniyati 900 ming yilga ulgʻaydi

Qizilqum tomon yoʻlingiz tushsa, Konimexdan oʻtishingiz bilanoq yaydoq adirliklar boshlanadi. Ushbu kengliklarni ikkiga boʻlib borayotgan yoʻl oʻz yoʻnalishida goʻyo varrak ipidek osmonga tortilgan tuyulsa-da, qir oshgan sayin choʻl bagʻriga singib boraverasiz. Ayniqsa, Qoraqata chorrahasidan oʻtgach, Qizilqum fosforit majmuasi atrofida buni...

18:19 14 Iyun 2021
Fargʻonadan Janubiy Koreyaga 46 tonna gilos eksport qilindi

14-iyun kuni erta tongda viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Fargʻona” xalqaro aeroportida tashkil etilgan “Fargʻona – Inchxon” yuk aviareysida viloyatda yetishtirilgan 246 ming dollarlik 46 tonna gilos mahsulotlari Fargʻonadan Janubiy Koreyaga joʻnatildi.

18:17 14 Iyun 2021
Fargʻonada YPX xodimiga qarshilik koʻrsatgan haydovchiga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi

Fargʻonada YPX xodimiga faol qarshilik koʻrsatgan haydovchiga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

18:13 14 Iyun 2021
Jizzaxda «Neksiya-3» avtomobilida “kaskadyorlik” qilgan yoʻlovchi ayol jarimaga tortildi

«Qoidabuzarliklarga qarshi koʻrilayotgan choralar, olib borilayotgan targʻibot tadbirlariga qaramasdan harakat ishtirokchilari tomonidan qoidalarni chetlab oʻtish holatlari doimiy kuzatilmoqda.

18:10 14 Iyun 2021
Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻtkazilmoqda.

Shu kunlarda poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

18:05 14 Iyun 2021
Taniqli qiziqchi Ortiq Sultonov Samarqand shahar madaniyat boʻlimiga boshliq boʻldi

Samarqand shahar madaniyat boʻlimiga sanʼatshunoslik fanlari nomzodi el suygan qiziqchi, “Handalak” guruhi aʼzosi Ortiq Sultonov boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

17:28 14 Iyun 2021
Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun siyosiy oʻquvlar tashkil etildi

Joriy yilning 10-12-iyun kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun oʻquv-seminarlari tashkil etildi.

17:25 14 Iyun 2021
Chekish insult rivojlanish xavfini ikki barobarga oshiradi

Insult inson hayotiga zomin boʻladigan xastaliklar orasida uchinchi oʻrinda turadi. Shu bois ham bu kasallikning oldini olish choralari haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlish foydadan holi emas. Insult oʻzi nima? Qanday turlari mavjud? Uning oldini olish choralari bormi? Shu kabi savollariga...

17:18 14 Iyun 2021
Buxoro tuman sudi raisi lavozimiga koʻrsatilgan uch nafar nomzodning barcha rad etildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro tuman sudi raisi lavozimiga muqobillik asosida koʻrsatilgan uch nafar nomzodning barcha rad etildi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan Sudyalar oliy kengashining yigʻilishida shunday qaror qabul qilindi.

16:09 14 Iyun 2021
Moskva va Sankt-Peterburgda karantin choralari kuchaytiriladi

12-iyun kuni Moskva shahri meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida epidemiologik holatning yomonlashgani sababli yangi cheklov choralari joriy etilishini eʼlon qildi.

15:53 14 Iyun 2021
Samarqanddagi qabristonda yongʻin sodir boʻldi

12-iyun kuni soat 11:05 larda Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimiga Bozorjoʻy mahallasi hududida joylashgan “Koʻktoʻnli ota” qabristonida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.

15:40 14 Iyun 2021
Raqqosalar bilan videosi tarqashi ortidan Sirdaryo tumani hokimligi masʼullari ishdan ketdi

Sirdaryo tumani hokimi oʻrinbosari Nurali Mirzayev va Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Nozim Muratovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

15:32 14 Iyun 2021
Oxirgi sutkada dunyo boʻyicha 387 mingdan ortiq koronavirusdan kasallanish holati qayd etildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 175 million 306 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 792 mingdan ziyod kishi vafot etgan (13.06.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:01 holatiga koʻra).

15:17 14 Iyun 2021
Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi

Shavkat Mirziyoyev 17–18-iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan oʻtkazilayotgan brifingda maʼlum qilindi.

14:23 14 Iyun 2021
18 yoshgacha boʻlgan shaxs pasportini oʻz vaqtida olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkinmi?

Adliya vazirligiga ayrim fuqarolar murojaat qilib, ularga chet mamlakatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan 18 yoshga toʻlmagan shaxsni oʻz vaqtida fuqarolik pasportini olmaganligi sababli uni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida ogohlantirishlar kelib tushayotganligini bildirmoqdalar. 

14:16 14 Iyun 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер