Moskva va Sankt-Peterburgda karantin choralari kuchaytiriladi

15:53 14 Iyun 2021 Dunyo
1384 0

12-iyun kuni Moskva shahri meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida epidemiologik holatning yomonlashgani sababli yangi cheklov choralari joriy etilishini eʼlon qildi.

Jumladan, 15−19-iyun kunlari oylik maoshlarni saqlab qolingan holda ishlanmaydigan kunlar deb eʼlon qilindi.

13-iyundan 20-iyunga qadar hayvonot bogʻlari, umumiy ovqatlanish obyektlari va bolalar uchun oʻyin xonalari faoliyati toʻxtatiladi. Moskvadagi oliy oʻquv yurtlarida imtihonlar masofaviy tarzda boʻlib oʻtadi.

Barlar, kafe va tungi klublar ushbu davr mobaynida soat 23:00 dan 6:00 gacha koʻngilochar tadbirlar oʻtkazmaydi va hech kimni qabul qila olmaydi (yetkazib berish xizmatlaridan tashqari).

Moskvaning katta bogʻlarida va tabiat hududlarida attraksionlar, bolalar va sport maydonchalari, boshqa obyektlar yopildi.

Shunga oʻxshash cheklovlar Sankt-Peterburgda ham joriy qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер