Oxirgi sutkada dunyo boʻyicha 387 mingdan ortiq koronavirusdan kasallanish holati qayd etildi

15:17 14 Iyun 2021 Dunyo
1197 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 175 million 306 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 792 mingdan ziyod kishi vafot etgan (13.06.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:01 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 387 209 yangi holati aniqlandi.

10 158 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (14.06.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 12:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 175 million 965 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 804 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,120 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (29,439 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (17,296 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,632 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,325 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 12 354, Hindistonda 80 834, Braziliyada 85 149, Fransiyada 3 604, Turkiyada esa 6 076 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер