Hokim qarorining ilovasini qalbakilashtirish evaziga 8,5 mln soʻm talab qilgan fuqarolar qoʻlga olindi

10:54 14 Iyun 2021 Jamiyat
906 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Yermulkkadastr sobiq xodimi S.B. va boshqalar oldindan til biriktirib, Jizzax shahrida yashovchi fuqarolarning uy-joylari buzilishi munosabati bilan kompensatsiya sifatida 6 sotixdan yer ajratish toʻgʻrisidagi hokim qaroriga ilova qilingan roʻyxatni qalbakilashtirish orqali fuqaro A.ni roʻyxatga kiritib berishni 8,5 mln soʻmga kelishib, shundan muqaddam 500 ming soʻmni qoʻlga kiritib, qolgan 8 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер