“Ishtixon dehqon bozori”da yongʻin sodir boʻldi
Bu haqda FVV xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14-iyun kuni soat 00:01da Samarqand viloyati Ishtixon tumani «Qoraquyli» MFY A.Navoiy koʻchasida joylashgan “Ishtixon dehqon bozori” MCHJda oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari sotiladigan ochiq savdo rastasida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga xabar kelib tushgan.
Hodisani bartaraf qilish uchun voqea joyiga 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yongʻin soat 00:32da oʻrab olinib, 01:35da toʻliq oʻchirilgan. Olib borilgan amaliy harakatlar natijasida savdo rastalarining 450 kv.m. maydoni yongʻindan saqlab qolingan.
Yongʻin oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sabablari hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring