Oʻzbekistondagi eng baland choʻqqiga davlat bayrogʻi oʻrnatildi
Qashqadaryoda Oʻzbekistondagi eng baland Hazrati Sulton choʻqqisiga davlat bayrogʻi oʻrnatildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Shahrisabz shahrida 13—15-iyun kunlari yoshlar festivali oʻtkazilmoqda. Ushbu festivalning ilk kunida choʻqqiga Oʻzbekiston va yoshlar festivali bayroqlari oʻrnatilgan.
Hazrati Sulton choʻqqisi — Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi choʻqqi, balandligi 4643 metr.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring