Ertaga “Toshkent — Xojikent — Toshkent” poyezd yoʻnalishida 2 ta reys bekor qilinadi

21:08 13 Iyun 2021 Iqtisodiyot
1381 0

2021-yil 14-iyun kuni Toshkent — Xojikent — Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlarining 2 ta reysi bekor qilinadi. Bu haqda “Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ maʼlum qildi.

“Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UKga qarashli “Qodiriya — Oqqovoq” bekatlari oraligʻining 19-kilometridan 20-kilometrigacha boʻlgan temir yoʻlda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu sababli, 2021-yil 14-iyun kuni soat

07:10 da – «Toshkent – Xojikent»

10:10 da – «Xojikent – Toshkent» yoʻnalishida harakatlanadigan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.

Shu kuni soat 14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan – «Toshkent–Xojikent-Toshkent» yoʻnalishidagi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlari harakat jadvali boʻyicha qatnovini amalga oshiradi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraydi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер