All

Tadbirkorga belgilangan qariyb 240 million soʻmlik elektr toʻlovi asossiz deb topildi

Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari elektr taʼminoti korxonasi xodimlarining xatti-harakatidan norozi boʻlib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

09:25 03 Aprel 2023
Ezgu amallar yanada keng quloch yozmoqda

Ramazon oyi oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra, mehr-shafqat va ehson oyidir. Ushbu oyda oʻzaro insonparvarlik, mehr-oqibat rishtalari yanada keng quloch yozadi. 

09:20 03 Aprel 2023
Taekvondo WT: Bugun “Katta dubulgʻa” turnirida Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi medallar uchun jang qiladi 

Bugun Usi shahri (Xitoy) mezbonlik qilayotgan taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻz yakuniga yetadi. 

09:04 03 Aprel 2023
Limon eksporti 131 tonnaga oshgan

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 ming tonna limon eksport qilgan.

08:56 03 Aprel 2023
Nogironligi boʻlgan bolani parvarishlayotgan ota-onalarga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi

16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam boʻlmagan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.

06:48 03 Aprel 2023
Fargʻonada yoshlar sayli boʻlib oʻtdi

Fargʻona viloyatida “Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida navqiron avlod vakillari sayli hamda gala-konsert oʻtkazildi.

06:43 03 Aprel 2023
Fargʻonada Xitoy kompaniyasi kichik GESlar qurilishi loyihalariga investitsiya kiritadi

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Feng Yuan kompaniyasi rahbari Goyin Fu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

06:37 03 Aprel 2023
Murotjon Azimov nuroniy onaxonning xonadonida iftorlikda boʻldi

Fayzli xonadonga iftorlikka tashrif buyurgan roʻzadorlar yurtimizga tinchlik, xalqimizga obodlik va xonadonlarga fayz-baraka soʻrab duolar qilishdi.

06:35 03 Aprel 2023
Koʻkdalada yangilanayotgan konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlab katta koʻpkari tashkil etildi

Koʻkdala tumanida koʻpkari milliy sport turi boʻyicha “Qarshi davlat universiteti kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

06:31 03 Aprel 2023
Senat raisi Tanzila Norboyeva Qoʻqon universiteti talabalari bilan uchrashdi

Shu kunlarda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Fargʻona viloyati shahar-tumanlarida bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

06:25 03 Aprel 2023
Xorazmda 4 ta tumanda yangi hokimlar ish boshladi

Xalq deputatlari tuman kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida Qoʻshkoʻpir, Urganch, Bogʻot va Tuproqqalʼa tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

06:22 03 Aprel 2023
Ukrainada “fishing” orqali 4 million AQSH dollaridan ortiq pul ishlab topgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Shuningdek, ushbu guruhning yana 10 nafar aʼzolari Yevropa hududida qoʻlga olingan.

06:17 03 Aprel 2023
Shimoliy Koreya xakerlari nomaʼlum virus yordamida butun dunyo boʻylab minglab kompaniyalarga hujum qilmoqda

Ilovalarning joriy yilning mart oyida chiqarilgan versiyalari katta xavf tugʻdirishi mumkin.

06:12 03 Aprel 2023
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 3-aprel kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda doʻl yogʻishi mumkin

“Oʻzgidromet” 3-aprel, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

06:03 03 Aprel 2023
Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlari xavfsizligi taʼminlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlarining xavfsizligi taʼminlangani aytildi.

05:52 03 Aprel 2023
Qilichbozlik: Jahon chempionatini bronza medali bilan boshladik

Bolgariyaning Plovdiv shahrida oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi. 

22:44 02 Aprel 2023
Roʻzadorlarga taom tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha eʼlon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarni ham oʻz ichiga oladi.

21:31 02 Aprel 2023
Yurtimizda soʻnggi 5 yilda milliy emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksina kiritildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekovning aytishicha, COVID-19 pandemiyasida barcha sohalar qatori tibbiyot tizimi ham jiddiy sinovdan oʻtdi. 

21:28 02 Aprel 2023
“Oʻzenergoinspeksiya”: Gaz taqsimlash stansiyasidagi hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilishi natijasida davlat manfaatlariga 14,1 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali foydalanish va ularni talon-toroj qilinishini oldini olish boʻyicha tizimli ravishda profilaktik va nazorat tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

21:23 02 Aprel 2023
Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi

2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi.

18:32 02 Aprel 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер