Xorazmda 4 ta tumanda yangi hokimlar ish boshladi
Foto: Arxiv surat
Xalq deputatlari tuman kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida Qoʻshkoʻpir, Urganch, Bogʻot va Tuproqqalʼa tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Jumladan:
— iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qoʻshkoʻpir tumani hokimi etib;
— Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Sultanov Gʻayratjon Poʻlatovich – Urganch tumani hokimi etib;
— Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Nazarov Jahongir Bahromovich – Bogʻot tumani hokimi etib;
— Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Axmedov Shuhrat Qurvondurdiyevich – Tuproqqalʼa tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring