Ukrainada “fishing” orqali 4 million AQSH dollaridan ortiq pul ishlab topgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

06:17 03 Aprel 2023 Dunyo
726 0

Ukraina Kiberpolitsiyasi «fishing» yordamida fuqarolardan 4 million AQSH dollaridan ortiq pul ishlab topgan jinoiy guruhni qoʻlga olganligini maʼlum qildi.

Jinoyatchilar 100 dan ortiq “fishing” veb-sahifalardan foydalangan holda, asosan Yevropa mamlakatlari fuqarolarining bank karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritish orqali pullarini oʻzlashtirgan.

Xalqaro doirada oʻtkazilgan maxsus operatsiyada Ukrainaning Vinnitsa va Lvov shaharlarida joylashgan 2 ta norasmiy “Call-markaz” aniqlangan.

“Call-markaz”ning asosiy vazifasi fuqarolarni ishonchiga kirish va ularni soxta veb-sahifalarga oʻtishlarini taʼminlash boʻlgan.

Chexiya, Polsha, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan 1000 dan ortiq jabrlanuvchilar aniqlangan boʻlib, umumiy 160 million grivna (4 mln. AQSH dollaridan koʻproq) miqdorida zarar yetkazilgan.

Oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida Ukraina Kiberpolitsiyasi va Chexiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan bir vaqtning oʻzida jinoyatchilarning 30 dan ortiq joylashuv joylarida tintuv oʻtkazilgan.

Shuningdek, ushbu guruhning yana 10 nafar aʼzolari Yevropa hududida qoʻlga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер