Ezgu amallar yanada keng quloch yozmoqda
Ramazon oyi oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra, mehr-shafqat va ehson oyidir. Ushbu oyda oʻzaro insonparvarlik, mehr-oqibat rishtalari yanada keng quloch yozadi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati boʻlimi va uning hududlardagi boʻlinmalari ham bu boradagi ishlarga munosib hissa qoʻshishyapti.
Fond tomonidan ushbu muborak kunlar boshlanganidan buyon bir qator xayriya tadbirlari tashkil etildi va bu izchil davom ettirilayotir.
Jumladan, nuroniylar, mehnat faxriylari, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz qariyalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun iftorlik dasturxonlari yozilib, tegishli miqdordagi ehsonlar hamda yordamlar tarqatilmoqda.
— Bugungacha viloyat tuman va shaharlardagi xayriya tadbirlari uchun 9 mlrd. 200 mln. soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati boʻlimi boshqaruvi raisi Dilshod Shoismonov. — Bunda barcha tuman va shahar mahallalarida iftorlik tashkil etilyapti. Shu bilan birga, viloyatdagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinayotir.
Taʼkidlash joizki, barcha hududlarda amalga oshirilayotgan tadbirlar Prezidentimizning Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish haqidagi tegishli qarori ijrosiga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Shodiyor Mutaharov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring