Shimoliy Koreya xakerlari nomaʼlum virus yordamida butun dunyo boʻylab minglab kompaniyalarga hujum qilmoqda
Foto: Illustrativ surat
Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar «3CX Phone»ning «VoIP»- telefoni (simli telefon liniyasi) ilovalari foydalanuvchilariga hujumi haqida xabar berishdi.
Hujumchilar ushbu ilovalardan foydalanuvchilarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan troyan kodini kiritishgan. Ushbu hujum, haqiqiy “3CX” sertifikati bilan imzolangan “VoIP” ilovalariga zararli «DLL» larni kiritish orqali boshlangan.
Shimoliy Koreyaning «Labyrinth Chollima» xakerlar guruhi, troyan virusini butun dunyo boʻylab 600 000 dan ortiq kompaniyalar foydalanadigan «Windows» va “macOS” uchun “3CX” ilovalariga birlashtirishgan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, millionlab foydalanuvchilar xavf ostida boʻlishi mumkin, chunki “3CX” ilovalari butun dunyo kompaniyalari, jumladan “American Express, Mercedes-Benz, Price Waterhouse Cooper” va boshqalar tomonidan qoʻllaniladi. Ilovalarning joriy yilning mart oyida chiqarilgan versiyalari katta xavf tugʻdirishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring