“Oʻzenergoinspeksiya”: Gaz taqsimlash stansiyasidagi hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilishi natijasida davlat manfaatlariga 14,1 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan

21:23 02 Aprel 2023 Jamiyat
494 0

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali foydalanish va ularni talon-toroj qilinishini oldini olish boʻyicha tizimli ravishda profilaktik va nazorat tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Shunga qaramay, ayrim isteʼmolchilar tomonidan ushbu resurslarni talon-toroj qilish holatlari hamon uchramoqda.

Misol uchun, 2023-yil mart oyi Navoiy viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida Qiziltepa tumani, “Malikobod” MFY hududida joylashgan Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Xoʻja-Hasan” gaz taqsimlash stansiyasi sanoat kollektoriga oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilgani maʼlum boʻldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 14,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Maʼlumot uchun, ushbu sanoat kollektori orqali tadbirkorlik subyektlariga qarashli 3 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi va 3 ta issiqxona xoʻjaliklariga tabiiy gaz yetkazib beriladi.

Ushbu holat yuzasidan hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер