Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Xizmat vazifasini sidqidildan bajargan hamda murakkab vaziyatda qatʼiyat bilan harakat qilgan kapitan Laziz Abdukarimovning ushbu jasorati inobatga olinib, Ichki ishlar vaziri buyrugʻi bilan unga muddatidan oldin mayor maxsus unvoni berildi.

12:15 15.03.2026
16-mart kuni harorat 20 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

11:12 15.03.2026
Bugun ham metan “zapravka”lar belgilangan vaqtda faoliyat yuritadi

Fargʻona vodiysida shoxobchalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda gaz bosimidan kelib chiqib, amalga oshiriladi.

10:55 15.03.2026
Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi

Soʻnggi guruh tarkibidagi 96 nafar vatandoshimiz yurtimizga qaytmoqda.

19:39 14.03.2026
Karmanada oʻqituvchilar hokimlikka “majlisbozlik”ka chaqirildi: Vazirlik holatni oʻrganmoqda

Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi taʼlim sifati pastligini vaj qilib, 9-maktab oʻqituvchilari ishtirokida majburiy yigʻilish oʻtkazgan.

18:57 14.03.2026
DXX bir nechta viloyatlarda yirik miqdordagi giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami 8 kilogrammdan ortiq “gashish" moddasi musodara qilindi.

07:35 14.03.2026
14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi

“Oʻzgidromet” shanba kuni uchun ob-havo maʼlumotlarini taqdim etdi.

22:01 13.03.2026
Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan yaratilgan “Inson” filmining ikkinchi soni premyerasi boʻlib oʻtdi.

21:17 13.03.2026
Angrenda voyaga yetmagan qizni zoʻrlagan shaxslarga hukm oʻqildi

Oʻtgan yilning iyul oyida Angrenda voyaga yetmagan qiz guruh boʻlib zoʻrlangani haqida xabar berilgan edi.

21:06 13.03.2026
Toshkent shahrida xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilmoqda

Tahlillarga koʻra 2026-yil yanvar fevral oylarida poytaxtda himoya orderi olgan shaxslarning umumiy soni 886 nafarni tashkil etmoqda.

20:33 13.03.2026
Milliy statistika tizimi mutaxassislarining malakasi oshiriladi

Qaror bilan Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (Institut) faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi.

20:12 13.03.2026
Yangi iqtisodiy faollik aholi bandligini taʼminlashda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

18:04 13.03.2026
Toshkent viloyatida bogʻcha bolalarining ommaviy zaharlanishi boʻyicha sud boshlandi

Sudlanuvchilarning 10 nafariga “qamoqqa olish”, 1 nafariga esa “uy qamogʻi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.

17:45 13.03.2026
Achchiq, ammo ochiq gap: Musavvirlar qachon boshpanaga yolchiydi?

Turkiya, Niderlandiya, Fransiya kabi davlatlarda shaxsiy koʻrgazmasini tashkil etgan rassom Rahim Hakimovning yuzdan ziyod asarlari ayni damda uyning zax yertoʻlasida, talabga umuman javob bermaydigan sharoitda saqlanmoqda.

16:48 13.03.2026
Qarshi shahridan Xalq qabulxonasiga nafaqa boʻyicha 877 ta murojaat kelib tushgan

Mazkur masalada murojaat qilgan ayollarning muammosini faqat nafaqa toʻlash nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi.

15:48 13.03.2026
Qarshida aliment toʻlashdan boʻyin tovlagan 62 kishi daromadini kamaytirib koʻrsatayotgani aniqlandi

Shahar soliq inspeksiyasiga Bosh prokuratura departamenti bilan birgalikda daromadini yashirib kelayotganlarning faoliyatini “soyadan” chiqarish topshirildi.

15:11 13.03.2026
IIO xodimlarining qoʻpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik koʻpaydi

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida oʻtgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar boʻyicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani maʼlum qilindi.

14:44 13.03.2026
Surxondaryoda umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda

Surxondaryo viloyatida “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.

14:29 13.03.2026
Toshkent va Panjob viloyatlari oʻrtasida hamkorlik “birodar hududlar” maqomida rivojlantiriladi

Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida boʻlib turibdi.

14:17 13.03.2026
Oʻzbekistonda har oʻn ming kishiga oʻrtacha 319 ta ariza va shikoyat toʻgʻri kelmoqda

Prezident ayrim shahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul oʻtkazdim deb yurganini tanqid qildi.

14:10 13.03.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер