Angrenda voyaga yetmagan qizni zoʻrlagan shaxslarga hukm oʻqildi

21:06 13 Mart 2026 Jamiyat
716 0

Oʻtgan yilning iyul oyida Angrenda (Toshkent viloyati) voyaga yetmagan qiz guruh boʻlib zoʻrlangani haqida xabar berilgan edi.

“Qiz 14 yoshligida qarindoshi tomonidan zoʻrlangan. Olti oy oldin esa bir guruh yoshlar tomonidan jinsiy zoʻravonlikka uchragan”, — deyilgandi xabarda.

Oʻshanda Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi holatni alohida nazoratga olgan edi. Toʻrt nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingani haqida maʼlum qilingandi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudi S. K. (2006-yilda tugʻilgan), Z. U. (2004), D. U. (2004) va A. U. (2003) ga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud jarayoni yopiq tarzda oʻtkazildi. Sud qaroriga koʻra:

S. K. (jinoyat sodir etilgan vaqtda voyaga yetmagan boʻlgan) — Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan aybdor deb topildi va 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi;

Z. U. — Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi (oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib, gʻayritabiiy shaklda qondirish) hamda 28-modda orqali ushbu moddalar bilan aybdor deb topilib, 12-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi;

D. U. — Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildi va 10-yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi;

A. U. (II guruh nogironligi boʻlgan shaxs) — Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildi va 7-yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер