Qarshida aliment toʻlashdan boʻyin tovlagan 62 kishi daromadini kamaytirib koʻrsatayotgani aniqlandi

15:11 13 Mart 2026 Siyosat
351 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Xalq qabulxonalari hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz boʻlishi boʻyicha yangi tizim qanday ishlashini Qarshi shahri misolida tushuntirib berdi.

Oʻtgan yili Xalq qabulxonasiga Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan 11 mingta murojaat tahlil qilindi.

Misol uchun, Qarshi shahridagi 255 nafar odam aliment toʻlashdan boʻyin tovlab yurganining sabablari oʻrganilganda ularning 193 nafari kasb-hunari bor boʻlgani bilan ishsiz ekani, yana 62 nafari daromadini kamaytirib koʻrsatayotgani aniq boʻldi.

Bu jarayonda hokimlik, banklar va hokim yordamchilari, shahar bandlik va MIB boʻlimlari birgalikda ishlab, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qiladi, ishsizlarni hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant oʻrinlarga joylashtiradi. Xorijda ishlash istagida boʻlgan aliment toʻlovchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzib, til va kasbga oʻrgatib, xorijga yuqori daromadli ishlarga yuboradi.

Shahar soliq inspeksiyasi esa Bosh prokuratura departamenti bilan birgalikda daromadini yashirib kelayotganlarning faoliyatini “soyadan” chiqaradi.

Shunda aliment toʻlovchilar qaramogʻida boʻlgan 700 ga yaqin bolaning moddiy taʼminoti oʻzgarishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер