Bugun ham metan “zapravka”lar belgilangan vaqtda faoliyat yuritadi
Illyustrativ foto
Bugun, 15-mart kuni metan “zapravka”lar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fargʻona vodiysida metan “zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda gaz bosimidan kelib chiqib, amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 14-mart kuni shoxobchalar 12:00 dan 16:00 ga qadar, 4 soat davomida faoliyat yuritgan edi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda havo harorati pasaygani sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring