Toshkent shahrida xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilmoqda

20:33 13 Mart 2026 Siyosat
503 0

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Kozixonova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent shahridagi ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilmoqda.

Tahlillarga koʻra 2026-yil yanvar fevral oylarida poytaxtda himoya orderi olgan shaxslarning umumiy soni 886 nafarni tashkil etmoqda.

2025-yilga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlar 20,1 foizga oshgan, jabrlangan xotin-qizlar soni 24,7 foizga koʻpaygan.

Oʻtgan yilning mos davrida tuzatish dasturiga yoʻnaltirilgan shaxslar soni 10 nafarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil bu koʻrsatkich nolga teng.

Ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrida 2026-yilda eng koʻp himoya orderi berilgan Shayxontohur, Uchtepa, Yakkasaroy tumanlaridagi mutasaddilar faoliyati joylarga chiqib oʻrganilmoqda.

Bundan tashqari, shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda birlamchi koʻmak xonalari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi faoliyati ham tahlil etilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?