Mikroqarz berishning eng yuqori miqdorini ellik million soʻmdan yuz million soʻmgacha oshirilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

14:01 26.12.2023
Tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish uchun qulay sharoit-sharoitlar yaratiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilgan navbatdagi hujjat — “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora‑tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi boʻldi.

13:57 26.12.2023
Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatini SSV tomonidan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi ortiqcha byurokratik norma chiqarib tashlanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Farmatsevtika sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

13:53 26.12.2023
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralari yanada samarali qoʻllaniladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

13:49 26.12.2023
Pensiya tayinlashda inson omili kamaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida inson omilini kamaytirish, keksa yoshdagi shaxslarga davlat xizmati koʻrsatilishi sifatini yanada oshirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

13:45 26.12.2023
Intellektual mulk sohasi yanada takomillashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar tomonidan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-1-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

13:42 26.12.2023
Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Sh.A. 5 nafar fuqaroga goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

10:56 26.12.2023
Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln soʻmgacha oshiriladi

Тijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning koʻrsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari boʻyicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi.

09:55 26.12.2023
Bronxit kasalligi nimasi bilan xavfli?

Qishning sovuq kunlarida aksariyat insonlarda nafas yoʻllari bilan bogʻliq turli kasalliklar kuzatiladi. Ulardan biri bronxitdir.

09:49 26.12.2023
Oʻzbekistonga qariyb 120 ming tonna banan import qilingan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 85,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 120 ming tonna banan import qilingan.

09:21 26.12.2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер