Tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish uchun qulay sharoit-sharoitlar yaratiladi

13:57 26 Dekabr 2023 Siyosat
388 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilgan navbatdagi hujjat — “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora‑tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi boʻldi.

Qonun loyihasi bilan Soliq qodeksining tegishli moddalariga tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan yaratilgan ish oʻrinlari soniga qarab toʻlanadigan soliqlarni pasaytirilgan stavkalarda hamda boʻlib-boʻlib toʻlashga imkoniyat berishni koʻzda tutuvchi normalar bilan toʻldirilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi soliq maʼmuriyatchiligini soddalashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishiga va aholi bandligining oʻsishiga, kambagʻallikni qisqartirishga hamda kam taʼminlangan oilalar aʼzolarini ishga qabul qilishda tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish uchun qulay sharoit-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер