Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

10:56 26 Dekabr 2023 Jamiyat
539 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Sh.A. 5 nafar fuqaroga goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.I. fuqaro M.F.ning ishonchga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 400 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер