Intellektual mulk sohasi yanada takomillashtiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar tomonidan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-1-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan zurur shart-sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini taʼminlash va albatta, investitsiyaviy jozibadorlikni yuksaltirish orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring