Oʻtgan yili xorijiy tashriflar doirasida 135 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishildi

Bundan tashqari shu yilning oʻzida Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million dollarlik investitsiya bitimlari imzolandi.

16:22 13.02.2026
Bu yil 50 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish boʻyicha reja qilingan

Prezidentimiz yangi loyihalar, eng avvalo, yuqori qoʻshilgan qiymatli va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga, xomashyo va energiya resurslaridan samarali foydalanishga, yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratib, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini yana bir bor qayd etdi.

16:00 13.02.2026
Respublika sanoati kamida 8,5 foizga oʻstiriladi

Bu boʻyicha mutasaddilarga tarmoqbay va hududbay reja tasdiqlash vazifasi qoʻyildi.

15:54 13.02.2026
Prezident hududiy sanoatni rivojlantirish boʻyicha hokimlarga savollar koʻpligini aytdi

Qayd etilishicha, soʻnggi uch yilda jami investitsiyalar 1,8 barobarga koʻpaygan, lekin ayrim tumanlarda investitsiyaning sanoatga taʼsiri koʻrinmayapti.

15:36 13.02.2026
Oilaviy tadbirkorlar soni boʻyicha qaysi viloyat yetakchi ekani aytildi

2026-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlar soni 5 575 tani tashkil etgan.

15:33 13.02.2026
Strategik korxonalar “Yagona gʻaznachilik” axborot tizimi bilan qamrab olinadi

Bu orqali barcha xaridlarni risk-tahlil asosida “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratib, samarasiz xarajatlarga butunlay chek qoʻyilishi qayd etildi.

15:22 13.02.2026
DXX 1 mln dollarlik giyohvandlik vositalari saqlanayotgan narkolaboratoriyani fosh qildi (+video)

Telegram'dagi narkodoʻkon kuratorlari tomonidan belgilangan joylarga qoldirib ketilgan, sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlashda foydalaniladigan katta miqdordagi prekursorlar aniqlanib, operativ kuzatuvga olingan.

15:19 13.02.2026
Mahalliy korxonalar uchun xomashyo importi bojlari toʻliq qayta koʻrib chiqiladi

Davlatimiz rahbari kichik korxonalarning xomashyoga ehtiyojini aniqlab, qaysi davlatdan, qancha miqdorda va qanday narxda olib kelishi, transport xarajatini hisob-kitob qilib, xomashyo zaxirasini shakllantirish vazifasini qoʻydi.

15:16 13.02.2026
Oʻzbekistonda mis qazib olish hajmi va rudadan olinadigan metall ulushi koʻpaytiriladi

Buning uchun 57 ta maxsus texnika olib kelib, ruda qazib olishni 46 milliondan 64 million tonnaga oshirish, mahalliy korxonalar uchun birjaga har oy kamida 10 ming tonna mis chiqarish topshirildi.

15:09 13.02.2026
Andijonda yanvar oyida gaz oʻgʻirlash bilan bogʻliq 480 ta holat qayd etildi

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilar orasida hisoblagichni yechgan, tarmoqqa noqonuniy ulanish va unga tashqi taʼsir oʻtkazish kabi holatlar aniqlangan.

15:05 13.02.2026
Talabalar Senat faoliyati bilan tanishdilar

Parlament yuqori palatasi aʼzolari muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari, maqsadlari, Senat faoliyatidagi yangiliklar yuzasidan muloqot oʻtkazib kelmoqda.

15:04 13.02.2026
Prezident masʼullarga avtokredit stavkasini pasaytirishni topshirdi

Davlatimiz rahbari aholining mahalliy avtomobillarga talabini ragʻbatlantirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasini koʻrishni topshirdi.

14:58 13.02.2026
Xoʻjaylidagi xonadonda qariyb 627 million soʻmlik gaz oʻgʻirlandi

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

14:56 13.02.2026
Qashqadaryoda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

Hozirda qonunbuzar shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

14:51 13.02.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilish boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

14:46 13.02.2026
Andijonda psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi

Departamentning Andijon shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

14:44 13.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari Ohangaron tumaniga tashrifi davomida “Premier” maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

14:26 13.02.2026
Davlatimiz rahbari mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasida boʻldi

Ohangaron tumanida joylashgan korxona loyihasi Xitoy va Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlikda 10 gektar maydonda amalga oshirilayotgani, uning umumiy qiymati 36 million dollarga teng ekani haqida maʼlumot berildi.

14:02 13.02.2026
Oʻtgan yili oʻqish maqsadida xorijga borgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi

Ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 19,3 foizga kamaygan.

13:35 13.02.2026
“Yosh tadbirkorlar” chempionati oʻtkaziladi

Bu haqda Prezidentning “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qarorida keltirilgan.

13:25 13.02.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер