Oʻtgan yili oʻqish maqsadida xorijga borgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi

13:35 13 Fevral 2026 Jamiyat
292 0

2025-yilda jami 28 954 nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Oʻzbekistonliklar oʻqish maqsadida borgan TOP-10 davlat quyidagicha taqsimlangan:

  • Rossiya – 6 498 nafar;
  • Tojikiston – 6 039 nafar;
  • Qirgʻiz Respublikasi – 4 648 nafar;
  • Koreya – 3 513 nafar;
  • Turkiya – 2 496 nafar;
  • Xitoy – 1 259 nafar
  • Qozogʻiston – 1 097 nafar;
  • Buyuk Britaniya – 886 nafar;
  • Germaniya – 391 nafar;
  • AQSH – 351 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yil bilan solishtirilganda qariyb 6,9 ming nafarga yoki 19,3 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер